Rossiyalik insayder tasdiqlayapti: Amirbek Saidovga “Krasnodar” va “Liverpul” qiziqishlari hali ham saqlanib turibdi ekan. Qiziquvchilar orasiga endi “Rostov” ham qo’shilgan. Bu haqda U17 mundialidan keyin - aniqrog’i o’tgan yilning 26-27 noyabr kunlari yozgan edim (#1, #2). Biroq, u vaqtda Amirbek hali 18 yoshga to’lmagani uchun muzokaralar rasmiy shaklda bo’lmagan. Ayni paytda forvard 18 yoshda.