Agar kelgusi o’yinlarda kerakli natijalar qo’lga kiritilsa va guruhdan 2-o’rin bilan (katta ehtimol shunday) chiqadigan bo’lsak, chorak finalda “D” guruhi g’olibi bilan to’qnash kelamiz. Hozircha Yaponiya o’z guruhida yakkapeshqadam va taxminimcha keyingi o’yinlarda ham “samuraylar” bu pozitsiyani boy bermaydi. Guruhdan chiqib, 1/4 finalda Osiyo kubogi finali uchun alamimizni olishimiz (xuddi 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi finalida Toshkentda Saudiyaga yutqazib, keyinchalik ulardan Osiyo o’yinlari va Osiyo kubogi chorak finalida revansh olganimiz kabi) va ana keyin medallar uchun kurashadigan yarim finalchilar qatoriga kirib olishimiz mumkin. Buyog’i qiziq bo’ladi.